Ergashev Shohqadam biografiyasi
Minglab kilometrli sarguzashtlar ilk qadamdan boshlanadi.
(bu rasmni o'zgartiraman keyinroq)
Deyarli barchanikiga o'xshash oddiy hayotim, O'zbekistonning kichik shahrida boshlangan. Yoshligimda bozorda tarvuz, "Морс" sotdim, to'yxonada xizmatchi bo'lib ishladim va bir vaqtda maktabda o'qirdim.
IIV akademik litseyidagi amaliyotim davomida mahallamiz nazoratchisi bilan birga ishladim. Tungi smena vaqtida nazoratchi aytib qoldi:
- kecha ishdan chiqib uyga kechgi 11 larda kirib bordim. Uyda turmush o'rtog'm ham, farzandlarim ham yo'q ekan. Telefon qilsam onasinikiga ketganliklarini aytishdi. Muzlatgichdan ovqatni olib, isitib, yeb uxladim.
O'sha kuni IIV hodimi bo'lmaslikka qat'iy qaror qildim.
Men uchun oila doim birinchi o'rinda turgan. Demak o'zim sevib shug'ullanadigan ishim oilam mustahkamligiga daxl qilmasligi kerak edi.
IT Parkda "Frontend dasturlash" kursini 2 oyda tugatdim va ustozimga assistent sifatida amaliyotni boshladim.
2 oy davomida "ITrasnsition" kompaniyasida FullStack daturlash bo'yicha online amaliyot o'tadim.
1000 dan ortiq arizalar yuborib, qabul imtihonidan o'ta olmagan
DSR korporatsiyaning "Deep Dive Into React" kursini muvaffaqiyatli tugatgan 20 o'quvchidan biri bo'ldim.
Marketolog, biznesmen Asilbek Ubaydullayevning "Bir varoqli marketing reja" kursini tugatdim.
Bir vaqtning o'zida ASIA SCHOOL va As Time marketing agentligida marketolog sifatida faoliyatimni boshladim.
O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jizzax akademik litseyiga muvaffaqiyatli qabul qilindim.
Shu bilan birgalikda O'zbekistonda maktab o'quvchilarini uylaridan chiqmagan holda ta'lim olishlariga imkon yaratuvchi "ASIA SCHOOL Online" loyihasida ishtirok etdim. (ayrim sabablar tufayli tugallanmay qoldi)
Shu kungacha yashagan umrimda shuni anglab yetdimki, insoning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga yetishida bilim, harakat, hohishdan tashqari to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lish ham juda katta ta'sir o'tkazar ekan))